GINEKOLOGIYADA BACHADON MIOMASINING KLINIK AHAMIYATI
Keywords:
Bachodon miomasi,patogenez,jinsiy gormonlar,qon ketish,bepushtlik.Abstract
Bachadon miomasi – bachadon yoki bachadon bo‘yni devoridagi yaxshi sifatli neoplazmadir (o‘sma). Bundan tashqari, bu kasallik ba’zan fibromioma, leyomioma deb ham ataladi. Ko‘pgina hollarda miomaning bachadondagi ko‘p o‘choqlari mavjud, ularning har birining o‘lchamlari bir necha millimetrdan, bir necha santimetrgacha o‘zgarib turadi. Hozirgi kunda 80 % ayollarda mioma o‘smasi kuzatilmoqda. Bachadon miomasi silliq mushaklardan kelib chiqqan zararsiz o‘sma bo‘lib, bu keng tarqalgan toz suyagi o‘smasi. 45 yoshdagi bemorlarning taxminan 70 % uchraydi. Ko‘pincha bachadon miomasi rivojlanishi ayollarda gormonal buzilishlar bilan bog‘liq, ayniqsa estrogen konsentratsiyasi ortishi bilan. Ushbu gormonal buzulish ko‘proq reproduktiv davrdagi yosh ayollar uchun xos hisoblanadi. Menopauza vaqtida estrogen gormonlarning tabiiy kamayishi tufayli bachadon miomasining o‘z-o‘zidan, davolashdan qat’iy nazar, yo‘qolib ketishi mumkin. Bachadon miomasi ayollarda 2011- yilda 40 % kuzatilgan bo‘lsa, bu xavfsiz o‘sma kundan kun ko‘paymoqda. 2016 yilga kelib bu ko‘rsatgich 55% ayollarida bachadon miomasi kuzatilmoqda.
References
1.Temirova , D.O (2024). Diagnosis of Cervical Erosion .American Joural of Biosence and Clinical Integrity,1(11),84-89
2. Haydarova , G. S. qizi, & Yunusov, A. A. o‘g‘li. (2022). AYOLLARDAGI BACHADON MIOMASI KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNDA YUZAGA KELADIGAN ASORATLAR. INTERNATIONAL CONFERENCE DEDICATED TO THE ROLE AND IMPORTANCE OF INNOVATIVE EDUCATION IN THE 21ST CENTURY, 1(7), 131–134.
3. Akusherlik: ed. Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining akademigi G. M. Savelyeva., Moskva „Tibbiyot“ 2000 yil.
4. Abdukarimov, A. B., Sharifova, M. Z. "Bachadon miomasi va uning terapiyasi."
Toshkent: Innovatsion tibbiyot, 2020. 65-96
5. Stewart, E. A., & Thomas, G. M. "Uterine fibroids: The influence of reproductive
hormones." Obstetrics and Gynecology, 2019.
6. Lumsden, M. A., & Kadir, R. A. "Uterine fibroids: Pathophysiology and
management." Journal of Obstetrics and Gynaecology, 2020..