VINILXLORID UCHUN MAQBUL KATALIZATOR TAYYORLASH
Abstract
Hozirgi davrda polimer chiqindilarini qayta ishlash masalasi global ekologik va iqtisodiy muammolar qatoriga kiradi. Maishiy chiqindilarning katta qismini plastik chiqindilar tashkil etadi. So‘nggi yillarda plastik materiallarni ishlab chiqarish va utilizatsiya qilishga bo‘lgan ehtiyoj bir qator omillar bilan bog‘liq ravishda ortib bormoqda: chiqindilarni yo‘q qilish uchun joy yetishmovchiligi, neft narxining yuqoriligi (an’anaviy plastmassa ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo sifatida), polimer materiallarni qayta ishlashning cheklanganligi, neft resurslarining qayta tiklanmasligi, shuningdek, an’anaviy plastmassalarni ishlab chiqarish va utilizatsiya qilish jarayonida yuzaga keladigan ekologik muammolar.
Yuqori molekulali birikmalar asosidagi buyumlarning texnologik, texnik va funksional xossalarini yaxshilash uchun uglerod asosidagi yangi moddalar yaratish, kompozitsion materiallar tarkibidagi komponentlarni modifikatsiya qilish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu materiallar har xil sharoitlarda, jumladan, yuqori mexanik mustahkamlik, organik kislotalar va erituvchilarga, radiatsiya, yuqori va past harorat, ishqalanishga chidamlilik talab qilinadigan texnik vazifalarda foydalanishga mo‘ljallangan. Shu bilan birga, ushbu kompozitsiyalarning tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyalarining ilmiy asoslarini shakllantirishga e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur tadqiqotda asetilen va vodorod xloridning nisbati 1:1,1 bo‘lgan geterogen katalitik usul yordamida vinilxlorid sintez qilish jarayoni tizimli o‘rganilgan. Vinilxlorid sintezi shartlari, katalizatorning tabiati va miqdori, shuningdek, reaktivlar nisbatining sintez jarayoniga ta’siri batafsil tahlil qilingan.
References
1. International Polymer Solutions Inc. Polivinilxlorid (PVX) xususiyatlari. 2018-y. 1-may 41-42b
2. Flid M.R., Treger Yu.A. Vinil xlorid: kimyo va texnologiya. 2 ta kitobda. - M.: "Kalvis", 2008. - 584 s
3. Cowfer J.A. Part 2. Vinyl Chloride Monomer // PVC Handbook / Wilkes C.E., Summers J.W., Daniels C.A. 1 st ed. — Munich: Carl Hanser Verlag, 2005. — P. 19—56
4. Polymer science learning center. The University of Southern Mississippi, The Department of Polymer Science. Дата обращения: 27 октября 2009. Архивировано 19 декабря 2010 года.
5. Handbook of Industrial Catalysts. — Springer Science+Business Media, LLC, 2011. — P. 268. — 512 p. — ISBN 978-0-387-24682-6.
6. Травень В. Ф. Органическая химия: Учебник для вузов: В 2 т / В. Ф. Травень. — М.: ИКЦ «Академкнига», 2004. — Т. 1. — С. 583; 640—641. — ISBN 5-94628-171-2.
7. Длину и энергию кратной связи в винилхлориде см. в Химическая энциклопедия /И. Л. Кнунянц (Гл. ред.).