BURG’ULASH ERITMALARINING XOSSALARINI OSHIRISH MASALALARI
Keywords:
Burg’ulash. Komponent. Qovushqoqlik. Bentonit gil kukuni. Elastiklik. Plastiklik. Dinamik xossa.Abstract
Burg’ulash-neft qazib chiqarish jarayonining asosiy bosqichi hisoblanadi. Burg’ulash eritmalari tajovuzkor qatlamlarga bardosh bera oladigan yuqori mustahkamlik va egiluvchanlikka ega komponent sifatida qo’llanila boshladi. Garchi burg’ulash eritmalari neft qazib chiqarishda samarador bo’lsa-da uning sifatini yanada mustahkamlash, suvni saqlash ko’rsatkichi va qovushqoqligini oshirish haqida to’liq ma’lumotga ega emasmiz. Ushbu maqolada burg’ulash eritmalarining tajovuzkor qatlamlarga bardosh bera oladigan bir qancha xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Biz burg’ilash eritmalarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini ma’lumotlar to’plab atroflicha o’rganib chiqdik va ushbu ma’lumotlar asosida tajribalar olib bordik. Bundan tashqari, burg’ulash eritmasi uchun ishlatiladigan 12 xil turdagi komponentlarni yaratdik va xususiyatlarini tekshirdik. Biz tayyorlagan komponent eritmalarimiz ichidan bentonit gil kukuni va Navoiyazotdan chiquvchi chiqindi mahsulot qo’shib tayyorlangan eritmaning elastik, plastik va dinamik xossasi yuqori ekanligini aniqladik. Olingan natijalar asosida mahsulotning tan narxi bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqdik. Ushbu tadqiqotimiz burg’ulash eritmalarining xususiyatlari bilan birgalikda uning toza neft mahsuloti olishdagi ahamiyatini izohlaydi. Shu bilan birga, ushbu tadqiqot kuchli tashqi ta’sirlarga chidamlilik haqida ma’lumot beradi.
References
1. Drilling muds J.Fink 2021 Petroleum Engineer's Guide to Oil Field Chemicals and Fluids.
2. Drilling operation. B. Suresh Kumar N. Baskar . K. Rajaguru. https://doi.org/10.1016/j.matpr.2019.08.160.
3. An Outlook of Drilling Technologies and Innovations: Present Status and Future Trends. C. Teodoriu, O. Bello. Published in Energies 26 July 2021. Engineering, Environmental Science.
4. Study on the stability of a shear-thinning suspension used in oil well drilling. F. M. Fagundes, N. Santos, +1 author F. O. Arouca. Published 2018. Engineering, Environmental Science, Materials Science. Oil & Gas Science and Technology.
5. Machine Learning Applications in Drilling Fluid Engineering: Sercan Gul. Paper No: OMAE2021-63094, V010T11A007; 8 pages. https://doi.org/10.1115/OMAE2021-63094. Published Online: October 11, 2021
6. Asrorova F.A, t.f.d. PhD, prof v.b Sultonov.Sh.A. Quduq devori mustahkamligini oshiruvchi sirt faol eritmalarning xossalarini o’rganish. “Перспективные исследования по медицинской химии, биохимии и физики в области медицины”, которая состоится 17-18-мая 2024-года.
7. Rheological Behavior and Filtration of Water-Based Drilling Fluids Containing Graphene Oxide: Experimental Measurement, Mechanistic Understanding, and Modeling. Ali Rafieefar, F. Sharif, +1 author A. Bazargan. Published in ACS Omega 28 October 2021.
8. Internet saytlari: