DAVOLASHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV: SHIFOKOR VA BEMOR O‘RTASIDAGI MULOQOT SAMARADORLIGI
Keywords:
Shifokor-bemor kommunikatsiyasi, faol tinglash, verbal va neverbal aloqa, ishonch, hamdardlik, tibbiy qaror qabul qilish, samarali muloqotAbstract
Shifokor va bemor o‘rtasidagi samarali kommunikatsiya tibbiy jarayonning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ochiq va tushunarli muloqot, faol tinglash, hamdardlik hamda verbal va neverbal signallardan to‘g‘ri foydalanish bemorning davolanish jarayoniga ishonchini oshiradi. Shuningdek, bemorning qaror qabul qilish jarayoniga jalb qilinishi uning tibbiy tavsiyalarga rioya qilish ehtimolini oshiradi. Ushbu maqolada shifokor va bemor o‘rtasidagi kommunikatsiyaning psixologik va ijtimoiy jihatlari tahlil qilinib, samarali muloqotni ta’minlash yo‘llari muhokama qilinadi.