FARG‘ONA SHAHAR TABIIY YER OSTI BULOQ SUVLARINING GIDROEKOLOGIK XUSUSIYATI
Keywords:
Yer osti buloq suvi, labotoriya taxlillari, suv menerallashuvi, Soburbuloq buloqlari, Joydam buloqlari, Yormozor buloqlari.Abstract
Xozirgi paytgacha ichimlik suvi sifatida tabiiy yer osti buloq suvlaridan ham foydalanib kelinmoqda, lekin aholi orasida istemol qilgan suvlarini tarkibiga va minerallashuviga ahamiyat berilmaydi.
Shu sababli Farg‘ona shahrida tarqalgan tabiiy yer osti buloq suvlarining gidroekolgik xolati o‘rganilib taxlil qilindi. Unga ko‘ra Farg‘ona shahrida tarqalgan tabiiy yer osti buloq suvlarini tarqalgan joylari, ularning paydo bo‘lish tarixi, buloqlarning o‘lchami, chuqurligi va ularning GIS xaritasi tuzilgan. Qolaversa tabiy yer osti buloq suvlari laboratoriya taxlilidan o‘tkazilib, istemol uchun yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi aniqlagan va shu maqsadda Farg‘ona viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi tomonidan hamkorlikda suvlarni tekshirish bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Tabiiy yer osti buloq suvlarini o‘rganishda asosan kuzatish, taqqoslash, matematik va laboratoriya uslularidan foydalanib namunalar olindi va taxlil qilindi. Xulosa o‘rnida buloq suvi aholi tamonidan ichimlik suvi sifatida iste’mol qilinishi, shifobaxsh deb yuritilgan barcha buloq suvlarini qattiqlik darajasi me’yoridan ortiq chiqishi uning ichimlik suvi sifatida ichish mumkin emasligi haqida asosli manba ekanligini ko‘rsatdi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘‘2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiysini tasdiqlash to‘g‘risida’’gi PF-5863-son Farmoni. 2019-yil 30-oktabr. https://lex.uz/ru/docs/4574008
2. P.Sultonov - Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. -Toshkent, ‘‘Musiqa’’ nashriyoti. 2007.
3. P.Baratov, M.Mamatqulov, A.Rafiqov – O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi. - Toshkent, ‘‘O‘qituvchi’’ nashriyoti., 2002
4. E.Azizov, Z.Mingaliev – Mo‘jiza suv.- Toshkent “O‘zbekiston” nashriyoti, 1990
5. O.Abdug‘aniyev, D.Kosimov, A.Ashurov - Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy qo‘llanma - Farg‘ona, 2023