MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI O'ZBEK MILLIY MUSIQA OHANGLARI ORQALI ESHITISH QOBILYATINI RIVOJLANTIRISH VA MILLIY QADRYATLAR RUHIDA TARBIYALASH
Keywords:
Maktab, tadqiqot, pedagog, meros, musiqa, tuyg’u, tarbiya, tarix, muammolar, rivojlanish, ohang, madaniyat, estetika, tavsiyalar.Abstract
Ushbu maqolada maktab yoshidagi bolalarning o'zbek milliy musiqa ohanglari orqali eshitish qobiliyatini rivojlantirish va ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga bag'ishlangan. Bolalarning musiqiy ta'limi orqali nafaqat ularning estetik didi shakllantirilishi, balki milliy o'zlikni anglash, tarixga hurmat va madaniy merosni qadrlash tuyg'ulari ham rivojlantirilishi mumkinligi asoslanadi. Maqolada milliy musiqaning bolalarga ta'siri, uning pedagogik imkoniyatlari, shuningdek, o'quv jarayonida milliy musiqa asarlaridan foydalanishning samarali usullari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari o'qituvchilar, musiqa pedagoglari va ota-onalarga bolalarni milliy musiqa orqali tarbiyalash va ularning eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo'yicha amaliy tavsiyalar beradi.