SEMIZLIK: ZAMONAVIY TIBBIYOTNING ENG DOLZARB MUAMMOLARIDAN BIRI
Keywords:
Semizlik, Gormanal buzilishlar, Yurak qon tomir kasalliklari, Qandli diabet, Sog’lom turmush tarzi, Parhez.Abstract
Hozirgi davrda keng tarqalayotgan muammolardan Biri semizlik haqida uning etiologiyasi klinikasi, va davolash usullari haqida bir qancha fikr va tavsiyalar keltirilgan. Statistik ma’lumotlarga tayanadigan bo’lsak 2024-yilda NCD Risk Factor Collaboration (NCD-RisC) tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha semizlik bilan yashayotgan odamlar soni 1 milliarddan oshgan. Bu ko‘rsatkich 880 million kattalar va 159 million 5-19 yoshdagi bolalar va o‘smirlarni o‘z ichiga oladi. Bu 1990-yildagi 8% dan sezilarli darajada oshgan. Bu ko’rsatgichlar dunyo miqyosida olingan bo’lib, O‘zbekistonda semizlik darajasi mintaqaviy o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori. Ayollar orasida bu ko‘rsatkich 10,3% ni, erkaklar orasida esa 7,5% ni tashkil etadi. Bolalar va o’smirlar orasida 2022–2024-yillarda O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar orasida semizlik bilan bog‘liq kasalliklarning epidemiologik o‘sishi kuzatilgan. Bu yosh guruhida semizlikning ortishi yurak-qon tomir, endokrin va boshqa tizim kasalliklariga olib kelishi mumkin.
References
1. Dedov.I.I., Melnichenko.G.A, Fadeyev.V.V. Endokrinologiya. 2000g
2. Sog‘liqni saqlash tizimi va reabilitatsiya metodlari. Ismailov, Sh.
Toshkent: Iqtisodiyot va tibbiyot nashriyoti, 2015
3.Abdurakhmanov, R. A. (2018). Metabolik sindrom va oshqozon-ichak tizimi o‘zgarishlari. Tibbiyot Ilmiy Jurnali.
4 . Kamoldinova R.A., Egamberdieva D.A. , Ruzmetova I.A.‖ VISSERAL SEMIZLIK VA UNI ANIQLASH USULLARI‖ IQRO JURNALI 2023 VOLUME 4, ISSUE 2, 2023