MARKAZIY OSIYO OLIMA AYOLLARINING ILMIY-IJODIY MEROSINI O’RGANISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Keywords:
olima ayollar, ilmiy-ijodiy meros, pedagogik muammo, ayollar ilmiy faoliyati, tarixiy meros, madaniy qadriyatlar, ijtimoiy rivojlanish, genderga asoslangan yondashuv.Abstract
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida olima ayollarning ilmiy va madaniy merosi katta ahamiyatga ega. Ular nafaqat o'z davrida ilm-fan va madaniyat sohalarida yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan, balki keyingi avlodlarga ilmiy meros qoldirgan. Shu bois, markaziy osiyo olima ayollarining ilmiy-ijodiy merosini o'rganish nafaqat tarixiy qiziqish, balki zamonaviy ta'lim-tarbiya tizimining dolzarb masalalaridan biri sifatida qaralishi lozim. Markaziy Osiyo mintaqasi butun dunyo ilmiy va madaniy merosiga katta hissa qo'shgan olim va olima shaxslari bilan mashhur. Xususan, XIV-XVIII asrlarda yashab ijod etgan olima ayollar ushbu davrning madaniy hayotiga, ta’lim va fan rivojiga katta ta’sir ko'rsatgan. Ularning ilmiy va ijodiy merosini chuqur o'rganish, bugungi kun pedagogikasida mazkur mavzuni muhim yo'nalish sifatida belgilaydi. Ushbu maqolada, o'zbek olimlari va jahon ilmiy hamjamiyatida olima ayollar merosini o'rganish yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar sharhlanadi, muammolar yoritiladi va yechimlar taklif etiladi.
References
1. Shaydullayeva K. Sh. (2023). Pedagogik tafakkurni rivojlantirishda Markaziy Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish. Involta Scientific Journal, 2(9), 4-14.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqishi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-38 son farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami) 2020 yil.
3. "Markaziy Osiyoda qadimgi davr va o‘rta asrlarda jismoniy tarbiya".
4. "Markaziy Osiyo xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyati: zamonaviy tadqiqotlar, muammo va o‘rganish usullari.
5. Buxoro ilmiy markazlarida ayollar. (2020). Buxoro universiteti nashriyoti.
6. Markaziy Osiyodagi qadimiy ayollar olimlari. (2018). Toshkent: O’zbekiston milliy universiteti.
7. Pedagogik jarayon va gender tengligi. (2021). Samarqand pedagogika instituti nashriyoti.
8. Ilm-fan va madaniyatdagi ayollar roli. (2019). Buxoro ilmiy jurnali.
9. O‘zbekiston ma’rifatparvar ayollari. 2021 y. T. 1 jild. 73 b.
10. Ш.Нурмухамедова Вклад Галины Анатолевны Пугаченковой в историю изучения архитектуры Средней Азии.ИНФОЛИБ №1, 2020
11. Turdiev Sh. T. 2006 y. 63 b. «Istiqbol” gazetasi sayti. Manba: yuz.uz
12. Musurmanova O. “Oila ma’naviyati milliy g‘urur”. T.:”O‘qituvchi” nashriyoti, 2000 yil, 200-bet.