IJTIMOIY TADBIRKORLIK: KAMBAG‘ALLIKNI KAMAYTIRISHDAGI YANGI YONDASHUV
Keywords:
Ijtimoiy tadbirkorlik , barqaror rivojlanish, innovatsion yondashuv ,kambag‘allikni kamaytirish, teng imkoniyatlar, jamiyat muammolari, texnologik yechimlar, moliyaviy inklyuziya , mahalliy tashabbuslar , nogironlar integratsiyasi , davlat qo‘llab-quvvatlovi, ijtimoiy adolat.Abstract
Bugungi dunyoda iqtisodiyot tez sur’atlarda o‘sib borayotganiga qaramay, kambag‘allik va ishsizlik hali ham dolzarb muammolar qatoridan joy olgan. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda, bu muammo haligacha kun tartibida turibdi. Aholining ayrim qatlamlari barqaror daromad topish imkonidan mahrum, malakali ish o‘rinlari esa cheklangan. Bundan tashqari, moliyaviy resurslarga yetarlicha kirish imkoni yo‘qligi ham kambag‘allik darajasining pasayishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shunday vaziyatda, an’anaviy iqtisodiy yondashuvlardan farqli, ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan yangicha yo‘nalish — ijtimoiy tadbirkorlik shakllana boshladi. Bu yondashuv jamiyatga real foyda keltirish, ayniqsa kambag‘allik, ishsizlik va imkoniyati cheklangan guruhlar bandligini ta’minlashni asosiy maqsad qilib oladi. Shu orqali u iqtisodiy faoliyat bilan ijtimoiy maqsadlarni birlashtiradi. Mazkur maqolada aynan ijtimoiy tadbirkorlik tushunchasi, uning kambag‘allikni kamaytirishdagi o‘rni va samarali jihatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, dunyodagi va O‘zbekistondagi amaliy misollar asosida bu yondashuvning foydasi tahlil qilinadi.
References
1. Yunus, M. (2007). Creating a World Without Poverty: Social Business and the Future of Capitalism. PublicAffairs
2. Grameen Bank website: [www.grameen.com](http://www.grameen.com)
3. "SELCO India". SELCO India Official Website. [www.selcoindia.com](http://www.selcoindia.com)
4. "Barefoot College". Barefoot College Official Website. [www.barefootcollege.org](http://www.barefootcollege.org)
5. Handicap International website: [www.handicap-international.org](http://www.handicap-international.org)
6. Schwab Foundation for Social Entrepreneurship. (2022). "Unlocking the Power of Social Entrepreneurs for the Sustainable Development Goals." World Economic Forum.*