SUN'IY INTELLEKTNING AHOLI BANDLIGIGA VA IQTISODIYOTNING O'SISHIGA TA'SIRI

Authors

  • Xidirov Ulug‘bek Gulboy o‘g‘li Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti Bank ishi va audit yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Author

Keywords:

sun'iy intellekt, iqtisodiy o‘sish, mehnat bozori, aholi bandligi, avtomatlashtirish, yangi ish o‘rinlari, kasb o‘zgarishlari, ishlab chiqarish samaradorligi, texnologik innovatsiyalar, iqtisodiy tengsizlik, global iqtisodiy integratsiya, sun'iy intellekt texnologiyalari, iqtisodiy o‘zgarishlar, ta'lim tizimi, sohalararo ta'sir.

Abstract

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining iqtisodiyot va mehnat bozoriga ta’siri tahlil qilingan. Sun’iy intellektning rivojlanishi va kengayishi global iqtisodiy o‘sish va ishchi kuchining shakllanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining mehnat bozoridagi o'zgarishlar, xususan, ish o‘rinlarining yaratilishi va yo‘qolishiga qanday ta’sir qilayotgani, shuningdek, bu jarayonlarning iqtisodiy o‘sishga qanday ta’sir qilishi haqida batafsil tahlil berilgan. Sun’iy intellekt texnologiyalari yangi kasblarning paydo bo‘lishiga, shuningdek, mavjud kasblarda o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Maqolada sun’iy intellektning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va global iqtisodiy integratsiyani kuchaytirishdagi ro‘li ham ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarining iqtisodiy tengsizlik va mintaqaviy farqlarga ta’siri ham tahlil qilingan. Xulosa qilib aytganda, maqolada sun’iy intellektning iqtisodiyot va aholi bandligi o‘zgarishlariga ijobiy va salbiy ta’sirlari, shuningdek, ularni boshqarish va muvozanatlash uchun zarur siyosiy va ijtimoiy choralar haqida gapirilgan.

References

1. Mirzaxodjayev A.B.,Sharifov Sh.S., Boboqulov B.M., “Mmakroiqtisodiyot” fanidan o‘quv qo‘llanma.-Samarqand: SamDU nashri, 2021 yil, -248bet

2. Makroiqtisodiyot: O‘quv qo‘llanma / N.M.Mahmudov, A.B.Shakarov, X.A.Ulashev, J.A.Shakarov: -T.:2021.-316bet

3. O‘zbekistonda sun’iy intellektning kelajagi qanday? Eng so‘nggi trendlar va voqealarga nazar

4. G.X. Nazarova. “Makroiqtisodiyot” fanidan маърузалар матни. T.: Toshkent Moliya instituti, 2017-yil, 243 bet.

5. SUN’IY INTELLEKT VA UNING INSONIYAT FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI – тема научной статьи по наукам об образовании читайте бесплатно текст научно-исследовательской работы в электронной библиотеке КиберЛенинка

6. Sun’iy intellekt – xavf, qulaylik va kelajakdagi o‘zgarishlar

Downloads

Published

2025-06-09