IES LARNI ISHLATISHDA EKOLOGIYAGA TAʼSIR ETADIGAN KARBONAT ANGIDRID GAZI
Keywords:
Issiqlik elektr stansiyalari (IES), karbonat angidrid (CO₂), iqlim o‘zgarishi, chiqindilarni kamaytirish, CCS (Carbon Capture and Storage), qayta tiklanadigan energiya, ekologik xavfsizlik, energetika siyosatiAbstract
Mazkur ilmiy maqolada IES (Issiqlik Elektr Stansiyalari) larini ishlatishda karbonat angidrid gazining ajralishi va uning ekologiyaga ta’siri IMRAD formati asosida tahlil etilgan. Tadqiqot davomida IESlarda qo‘llaniladigan turli yoqilg‘i turlarining energetik samaradorligi hamda chiqindilar hajmi o‘rganilgan. Karbonat angidrid gazining ortiqcha miqdorda ajralishi global iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchilik, ekstremal ob-havo hodisalari kabi ekologik muammolarni kuchaytirishi ilmiy manbalar va kuzatuvlar asosida isbotlangan. Muallif zamonaviy texnologik yechimlar, jumladan, CCS (Carbon Capture and Storage) hamda qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan hibrid tizimlarni joriy etish orqali karbonat angidrid chiqindilarini 20–30 foizgacha qisqartirish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi. Maqola xulosasiga ko‘ra, IESlar faoliyatini takomillashtirish, yangilash va ekologik xavfsizlikni kuchaytirish, shu bilan birga xalqaro darajadagi siyosiy, iqtisodiy va texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish global iqlim inqirozi bilan samarali kurashishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
References
1. Intergovernmental Panel on Climate Change (IPCC). Climate Change 2021: The Physical Science Basis. Contribution of Working Group I to the Sixth Assessment Report of the IPCC / Ed. by V. Masson-Delmotte et al. – Cambridge : Cambridge University Press, 2021. – 3949 p.
2. International Energy Agency (IEA). World Energy Outlook 2022. – Paris : IEA, 2022. – 365 p.
3. The World Bank. Uzbekistan: Energy Sector Assessment. – Washington, DC : World Bank, 2020. – [Elektron resurs]. Rejim kirish:
https://www.worldbank.org/en/country/uzbekistan (muallifning murojaat qilgan sanasi: 15.03.2025).
4. Davlatov O., Shamsiev R. Energetika sohasida uglerod chiqindilarini kamaytirishning ekologik ahamiyati // Oʻzbekiston Energetika jurnali. – 2020. – №4. – B. 22–29.
5. Qosimov S., Xolikov N. Issiqlik elektrostansiyalarida uglerod chiqindilari monitoringi // Energetika va barqaror rivojlanish: ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Toshkent : TSTU nashriyoti, 2021. – B. 105–112.
6. Panfilova N. L., Sokolova Z. M. Perspektivy razvitiya gibridnykh energosistem s ispol’zovaniem vozobnovlyaemykh istochnikov energii // Energetika i ekologiya: trudy Vserossiyskoy nauchnoy konferentsii. – Moskva : Nauka, 2019. – S. 85–89.