ELEKTRON HUKUMAT TIZIMLARI: AFZALLIKLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Mamatov Ergashjon Sunatulloyevich Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kattaqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi Maxsus fan o‘qituvchisi. ergashjon.m1@mail.ru Author
  • Nabiyeva Iroda Sultonovna Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, TATU Samarqand filiali Kompyuter tizimlari kafedrasi assistenti. irodamubina777@gmail.com Author

Keywords:

elektron hukumat, avtomatlashtirish, shaffoflik, raqamli xizmatlar, sun’iy intellekt, blokcheyn.

Abstract

Ushbu ishning maqsadi elektron hukumat tizimlarining afzalliklarini tahlil qilish va ularning davlat xizmatlarini rivojlantirishdagi rolini o‘rganishdir. Tadqiqot davomida elektron hukumatning ishlash tamoyillari, texnologik yechimlari va fuqarolar uchun qulayliklari tahlil qilindi. Ushbu jarayonda taqqoslash, tahlil va statistik ma’lumotlarga asoslangan yondashuvlar qo‘llanildi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, elektron hukumat tizimlari davlat xizmatlarini avtomatlashtirish, shaffoflikni oshirish va korrupsiyani kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijasida elektron hukumatning joriy etilishi fuqarolarning davlat bilan o‘zaro aloqalarini soddalashtirishi va vaqtni tejashini ko‘rsatdi.

Xulosa qilib aytganda, elektron hukumat tizimlarini yanada takomillashtirish uchun zamonaviy texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish zarur. Bu esa davlat xizmatlarining yanada tezkor, xavfsiz va samarali bo‘lishiga xizmat qiladi.

References

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.

2. Xudoyberdiyev H. Axborot texnologiyalari va tizimlari. T.: Fan, 2019.

3. "Xalq so‘zi" gazetasi, 2023-yil 15-mart soni, "Elektron hukumat tizimining rivojlanishi" maqolasi.

4. Rahmonov S. Elektron hukumatning afzalliklari va rivojlanish tendensiyalari. “Axborot texnologiyalari” jurnali, 2022-yil, №4.

5. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (O‘zMTRK), “Elektron xizmatlar – qulaylik va shaffoflik kafolati” ko‘rsatuvi, 2023-yil 10-aprel.

6. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi rasmiy sayti: www.mitc.uz

7. Jahon Banki hisobotlari: www.worldbank.org

8. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasi: www.lex.uz

9. Google Scholar ilmiy maqolalar bazasi: scholar.google.com

Downloads

Published

2025-06-14