BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING TURIZMDA GENDER TENGLIGINI TA’MINLASHDAGI STRATEGIK ROLI

Authors

  • Gavhar Xayrulla qizi Toshkent davlat agrar universiteti huquq va turizm fakulteti “turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishi 1-bosqich magistratura talabasi Sodiqova g-mail manzil: gavharsodiqova2001@gmail.com tel: +998 97 001 25 60 Author

Keywords:

Turizm sohasi, gender tengligi, ayollar huquqlari, UN women, ayollar bandligi, barqaror turizm, ijtimoiy adolat, BMT Turizm Tashkiloti (UN Tourism)

Abstract

Ushbu tadqiqot Birlashgan Millatlar Tashkilotining turizm sohasida gender tengligini targ‘ib etishdagi rolini o‘rganadi. Unda turizmda gender muvozanatini ta’minlashning global ahamiyati yoritilib, BMT tomonidan amalga oshirilayotgan strategik tashabbuslar haqida ma’lumot beriladi. Ayniqsa, BMTning Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) tomonidan ayollarning turizm sohasida ishtirokini kengaytirish, bandlik imkoniyatlarini oshirish va ularning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda, shuningdek, ayollar duch kelayotgan muhim muammolar – ish haqi tafovuti, martaba o‘sishidagi to‘siqlar va gender stereotiplari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, UN Women va UNWTO hamkorligida ayollarning ta’lim olishi, tadbirkorlikni rivojlantirish va ekspluatatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar ko‘rib chiqiladi. Barqaror turizm va gender tengligi o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinib, ayollarning qishloq turizmi va ekoturizm rivojiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan gender tengligi tashabbuslari va mahalliy loyihalarning ahamiyati o‘rganiladi.

Turizm sohasida gender tengligining kelajakdagi istiqbollari tahlil qilinar ekan, ushbu tadqiqot BMTning uzoq muddatli maqsadlari va yanada inklyuziv hamda teng huquqli sanoatni shakllantirish bo‘yicha asosiy tavsiyalar bilan yakunlanadi.

References

1.Farmon (2023) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 y. PF-158-son «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi toʻgʻrisida»gi Farmoni.

2. 2019 – 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi.

3.Eshtaev A. (2023) Oʻzbekistonning turizm salohiyati va uni rivojlantirish istiqbollari. Monografiya.

4.Country Fact Sheet | UN Women Data Hub - https://data.unwomen.org

https://www.undp.org

5.https://lex.uz

6. https://En.m.wikipedia.org

7. https://equalityintourism.org

Downloads

Published

2025-06-14