SAID AHMAD MOHIR HAJVIYANAVIS
Keywords:
Hajv, Said Ahmad, yumor va satira, ijtimoiy tanqid, o‘zbek adabiyoti.Abstract
O‘zbek adabiyoti taraqqiyotida XX asr ikkinchi yarmi muhim bosqichlardan biri bo‘lib, bu davrda xalq hayotiga yaqin, milliy ruhda yo‘g‘rilgan asarlar yaratildi. Adabiyotda badiiy tafakkurning yuksalishi, yozuvchilar hayot haqiqatini chuqur tahlil etish, murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni badiiy obrazlar orqali ochib berish yo‘lida intilishdi. Ana shunday ijodkorlar orasida Said Ahmadning o‘rni beqiyosdir.
Said Ahmad — o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri, o‘zining nozik kuzatuvchanligi, xalqona til va uslubda yozilgan asarlari, ayniqsa, o‘tkir hajviy qalamiga ega yozuvchi sifatida tanilgan. Uning ijodida hajv – insoniy illatlar, jamiyatdagi salbiy holatlar, byurokratizm, dangasalik, loqaydlik kabi illatlarga qarshi badiiy qurol sifatida qo‘llanilgan.
References
1. Said Ahmad. Xandon pista. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1983. – 144 b.
2. Karimov H. O‘zbek hajviy nasri tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. – 210 b.
3. Qahhor A. Tanlangan asarlar. 3-jild. – Toshkent: G‘.G‘. nomidagi nashriyot, 1978. – 320 b.
4. G‘aniyeva N. O‘zbek adabiyotida kulgi va hazil: monografiya. – Toshkent: Fan, 2002. – 188 b.